Xususiy bogʻchalar uchun boshqaruv platformasi

Bogʻcha boshqaruvi uchun kerak boʻlgan hamma narsa — bitta tizimda.

Bolalar, toʻlovlar, davomat, xodimlar va moliyaviy nazorat — hammasi bitta tizimda. Ota-ona esa balansni Telegramʼdan koʻradi.

Karta kerak emas · 15 kun · istalgan payt toʻxtatasiz

Oyiga 400 000 soʻmdan

Boshqaruv paneli

DR

128

Faol bolalar

roʻyxatda

94%

Bugungi davomat

120 / 128 belgilangan

12 450 000

Qarzdorlik

9 ta bola boʻyicha

86 400 000

Oylik tushum

sentabr

Tushum dinamikasi

Apr
May
Iyn
Iyl
Avg
Sen

Ekranlardagi raqamlar — namunaviy maʼlumot.

Tanish holat

Rahbar nazorat qilishi kerak boʻlgan ishlar turli joylarga sochilib ketmasin.

Tarbiyachilar guruhi
  • Bugun 3 bola kelmadi
  • Kimlar? — keyin yozaman
tolovlar_sentabr_final2.xlsx
  • Karimov A. · 1 500 000 · ?
  • Rasulova M. · 1 500 000 · toʻlandi
Daftar
  • Yusupov — 600 ming qarz
  • Oshpaz — avans 400
Kassa cheki
  • Naqd · 1 500 000
  • 12.09 · imzo yoʻq
Davomat varagʻi
  • Quyosh guruhi · 18/20
  • Sana yozilmagan

Boshqaruv paneli

DR

Davomat varagʻi

Quyosh guruhi

18-sentabr, payshanba

18 / 20

Bugun 3 bola kelmadi

Tarbiyachilar guruhi

3

Toʻlovlar

KA

Karimov A.

1 500 000

kutilmoqda
RM

Rasulova M.

1 500 000

toʻlandi
YS

Yusupov S.

600 000

qarz

Bitta tizim

Operatsion ish va moliyaviy nazorat — bir tizimda.

Quyosh bogʻchasi
18-sentabr, payshanba
Bolalar
Toʻlovlar
Davomat
Xodimlar
Ombor
Xarajatlar
Hisobotlar
  • Davomat belgilandiHisobot 94 %
  • Toʻlov kirdiQarz −1,5 mln
  • Ombor chiqimiXarajat +2,3 mln

Imkoniyatlar

Har kuni kerak boʻladigan olti modul.

01

Bolalar va guruhlar

Har bir bola — profil, guruh, vasiy va tarif bilan. Yangi, sinovda, faol, ketgan, qaytib kelgan — bolaning yoʻli koʻrinib turadi, ketish sababi esa roʻyxatdan tanlanadi. Ism, shartnoma raqami yoki ID boʻyicha qidiruv.

HammasiQuyoshYulduzchaKamalak
KA

Karimov Ali

Quyosh

YD

Yusupova Dilnoza

Yulduzcha

RB

Rasulov Bekzod

Quyosh

TM

Tursunova Malika

Kamalak

AO

Abdullayev Otabek

Quyosh

IZ

Ibragimova Zilola

Yulduzcha

US

Umarov Sanjar

Quyosh

KA

Karimov Ali

Quyosh · 4 yosh

Tarif
1 500 000
Vasiy
Karimova N.
Balans
−1 500 000
Davomat
92 %

Bolalar roʻyxati → guruh filtri → profil

02

Toʻlovlar va qarzdorlik

Hisob-faktura, toʻlov, qoldiq. Jurnalda kim qachon qancha qabul qilgani koʻrinadi, oʻsha kuni esa usulni tuzatsa boʻladi — naqdni terminalga, terminalni Paymega. Qarzdorlar roʻyxati pul harakatlari jurnalidan hisoblanadi.

toʻlandi

4 500 000

kutilmoqda

1 500 000

qarz

600 000
KA

Karimov Ali

1 500 000

toʻlandi
YD

Yusupova Dilnoza

1 500 000

toʻlandi
RB

Rasulov Bekzod

1 500 000

toʻlandi
TM

Tursunova Malika

1 500 000

kutilmoqda
AO

Abdullayev Otabek

600 000

qarz

Toʻlangan → kutilmoqda → qarz

03

Davomat

Tarbiyachi bir chertishda belgilaydi, rahbar foizni koʻradi. Yozilmagan kun — «yoʻq» emas, «belgilanmagan».

Quyosh · bugun

×

Davomat

95%

19 / 20 · kelgan

Guruh davomati va kunlik foiz

04

Xodimlar va ish haqi

Lavozim, rol, stavka, avans va oylik hisob-kitob — bitta joyda. Kim nimaga kirishini tashkilot egasi belgilaydi.

Xodimlar · 24

Sentabr ish haqi
RD

Rahimova Dilnoza

Direktor

6 500 000
SN

Sodiqova Nilufar

Tarbiyachi

3 800 000
KS

Karimova Sevara

Tarbiyachi

3 800 000
TG

Tosheva Gulnora

Kassir

3 200 000
AR

Aliyev Rustam

Oshpaz

avans 400 0003 000 000
Jami (24 xodim)31 500 000

Xodimlar roʻyxati · ish haqi

05

Ombor va xarajatlar

Kirim, chiqim, qoldiq. Xarajat 20 soniyada — summa, toifa, chek rasmi; xodim uni Telegram botga yuborib ham kiritadi. Qarzga berilgan pul alohida turadi: u chiqim emas, qaytishi kutilmoqda — qaytganda kassaga oʻzi qoʻshiladi. Bank koʻchirmasini yuklang — toʻlovlar va xarajatlar oʻzi bogʻlanadi.

Ombor qoldigʻi

  • Guruch26 kg
  • Un18 kg
  • Yogʻ7 l
  • Shakar14 kg

Xarajatlar · sentabr

  • Oziq-ovqat2 300 000
  • Kommunal1 150 000
  • Taʼmir480 000

Qoldiq kamayadi → xarajat paydo boʻladi

06

Hisobotlar va nazorat

Tushum, xarajat, ish haqi, qarzdorlik — bir ekranda. Foyda-zarar tegishli oy boʻyicha, pul oqimi pul sanasi boʻyicha: iyul oyligi avgustda toʻlansa ham iyul xarajati, dividend xarajat emas, konditsioner oylarga taqsimlanadi. Terminal va Click puli bankka tushguncha «yoʻlda» koʻrinadi.

128

Faol bolalar

roʻyxatda

94%

Bugungi davomat

120 / 128 belgilangan

12 450 000

Qarzdorlik

9 ta bola boʻyicha

86 400 000

Oylik tushum

sentabr

Tushum dinamikasi

Apr
May
Iyn
Iyl
Avg
Sen

Olti savol, tekshiruvlar va «Diqqat» — bitta ekranda; botga «bugungi tushum» yoki «bu oy foyda» deb yozing

Boshqaruv paneli

Rahbar koʻrishi kerak boʻlgan barcha raqamlar — bir ekranda.

Boshqaruv paneli

DR

128

Faol bolalar

roʻyxatda

94%

Bugungi davomat

120 / 128 belgilangan

12 450 000

Qarzdorlik

9 ta bola boʻyicha

86 400 000

Oylik tushum

sentabr

24

Xodimlar

6 guruh

Tushum dinamikasi

oxirgi 6 oy
Apr
May
Iyn
Iyl
Avg
Sen

9 ta bola boʻyicha toʻlov 15 kundan ortiq kechikmoqda

Nega?

Ekranlardagi raqamlar — namunaviy maʼlumot.

Ota-onalar uchun

Ota-ona balansni telefonidan koʻradi — qoʻngʻiroqsiz.

Asosiy kanal — Telegram bot. Ilova oʻrnatish shart emas, bogʻchaga «qancha qarzim bor?» deb qilinadigan qoʻngʻiroqlar esa kamayadi.

Telegram bot

Balans, hisob-fakturalar, kvitansiyalar va “toʻlash” tugmasi — ota-onaning oʻz tilida (oʻzbek, rus, ingliz).

Onlayn toʻlov — Payme va Click

Pul toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻchaning oʻz merchant hisobiga tushadi. Radix pulni ushlab turmaydi, ota-ona hisobdagi summani toʻlaydi — ustiga hech narsa qoʻshilmaydi.

Ulanish — taklif havolasi orqali

Vasiy botni oʻzi ishga tushiradi — havolani bosgani roziligining yozuvi boʻlib qoladi. Kim hali ulanmaganini roʻyxatda koʻrib turasiz.

SMS — keyinroq

Asosiy kanal — Telegram, xabarlari bepul. SMS tayyorlangan, lekin hozir yoqilmagan; yoqilganda har bir xabar qismlari boʻyicha alohida hisoblanadi.

Bola kelmagani haqidagi xabar — standart holatda oʻchiq. Uni yoqish yoki yoqmaslik bogʻchaning qarori.

Radix bot

Balans

Karimov Ali · Quyosh guruhi

Sentabr uchun 1 500 000 soʻm

Payme orqali toʻlash

Toʻlandi · kvitansiya yuborildi

BalansHisob-fakturalarToʻlashKvitansiyalar

Radix kimlar uchun?

Har bir rol oʻziga kerak narsani koʻradi.

Boshqaruv paneli

DR
B

Bogʻcha egasi

Tushum, qarzdorlik, xarajat — barcha filiallar boʻyicha

86 400 000

Oylik tushum

sentabr

12 450 000

Qarzdorlik

9 ta bola boʻyicha

128

Faol bolalar

roʻyxatda

24

Xodimlar

6 guruh

Filiallar

Chilonzor

68 · 94 %

46 800 000

Yunusobod

60 · 93 %

39 600 000

Radix bilan bir kun

Bir kun. Bitta tizim. Aniq nazorat.

Ertalabdan kechgacha — har bir amal oʻz joyida yoziladi va kechqurun hisobotga aylanadi.

  1. 08:00

    Davomat

    Tarbiyachi guruhni belgilaydi — 120 / 128 bola keldi.

  2. 09:30

    Guruhlar

    Yangi bola «Yulduzcha» guruhiga biriktirildi. Sigʻim — 19 / 20.

  3. 12:00

    Toʻlovlar

    Kassir 3 ta toʻlov qabul qildi — qarzdorlik 12 450 000 ga tushdi.

  4. 15:00

    Xodimlar

    Oshpazga avans yozildi. Oylik hisob-kitob oʻzi yangilandi.

  5. 17:00

    Hisobotlar

    Rahbar kun yakunini koʻradi: davomat 94 %, tushum, xarajat.

Moliyaviy nazorat

Pul qayerdan kelayotganini va qayerga ketayotganini biling.

Hisoblangan tushum

86 400 000

Qabul qilingan toʻlovlar

73 950 000

Qarzdorlik

12 450 000

Xarajatlar

18 300 000

Ish haqi

31 500 000

Balans

24 150 000

Radix AI

Toʻlov kechikishini oldindan aytadi — va buning sababini koʻrsatadi.

Har bir ogohlantirish qoidadan chiqadi va dalilini yonida olib yuradi: qaysi bolalar, qancha kun, qancha summa. Bosilsa — oʻsha roʻyxat ochiladi.

  • Qoida asosida, taxmin emas — bir xil maʼlumot har doim bir xil javob beradi
  • Har bir xulosaning “Nega?” tugmasi bor: raqamlar qayerdan olingani koʻrinadi
  • Har kecha oʻzi hisoblanadi; ertalab ekranda tayyor turadi
Jiddiy

Toʻlov kechikishi

Nega?

  • 9 ta bola boʻyicha muddat 15 kundan oshdi
  • Jami kechikkan summa — 12 450 000 soʻm
  • Oʻtgan oyda bu raqam 6 bola va 7 200 000 edi

Qarzdorlar roʻyxatini ochish

Yana nimalar bor

Kundalik ishning mayda-chuydasi ham oʻylangan.

Har bir kun hisobda

Oy oʻrtasida kelgan yoki ketgan bola faqat bogʻchada boʻlgan ish kunlari uchun toʻlaydi, birinchi kunlari — bepul sinov. Bir oylik ariza bilan oy 0 soʻm, joy saqlanadi. Kelmagan kunlar maʼlumotnoma yoki ariza bilan qaytariladi — davomat jadvalidan emas.

Bola qoʻshish va Excelʼdan koʻchirish

Har yangi oila bogʻcha haqida qayerdan eshitgani bilan yoziladi — Instagram, tanishlar, banner — va qaysi yoʻl koʻproq bola olib kelayotgani hisobotda koʻrinadi. Excel shabloni guruh va tariflaringiz bilan; Boxodirova va Bohodirova — bitta bolami, sizdan soʻraladi.

Pul qayerda va kimning qoʻlida

Naqd kassa va bank: terminal, oʻtkazma, Click va Payme bankka tushadi, komissiyasi oʻzi xarajat boʻlib yoziladi. Kassir pulni masʼulga topshiradi — u tasdiqlaydi, kimda qancha turgani koʻrinadi. Kun sanoq bilan yopiladi, farq sababi bilan. Toʻlovda bitta sana va toʻlovchi vasiy; xodim farzandi uchun — oylikdan ushlash.

Imtiyozlar — sababi bilan

Xodim farzandi, kam taʼminlangan, toʻliq imtiyoz — har biri turi, sababi va kim kiritgani bilan. Aka-uka chegirmasi umumiy vasiy orqali oʻzi qoʻllanadi, familiya boʻyicha taxmin emas. Oyiga kim, kimga, qancha bergani — alohida hisobotda.

Qarz yashirinmaydi

Qarzni qoʻlda 0 qilib boʻlmaydi — faqat sababi va kim qilgani bilan hisobdan chiqariladi. Har bir summa yonida «Nega?»: «3 050 000 × 8 / 21 = 1 162 000». Kim nimani oʻzgartirgani — oʻchmaydigan jurnalda.

Soliq, chek va buxgalter

PQ-403 imtiyozi bir bosishda; soliq taqvimi muddati va eslatmasi bilan. Naqd va karta toʻlovida fiskal chek nazorati. Ish beruvchi toʻlasa — nomi va STIR, ota-onaga yillik maʼlumotnoma. Buxgalterga Dt/Kt kodli jurnal.

Rollar va ruxsatlar

Kim nimani koʻrishini egasi belgilaydi. Tayyor shablon bir bosishda: Direktor, Menejer, Kassir, Davomat menejeri — keyin istalgan belgini oʻzgartirasiz. Kassir jurnalda hammaning toʻlovini koʻradi, lekin faqat oʻzi olgan pulni qaytaradi va tuzatadi; jami tushum unga yopiq. Boshqaruvchi oylik hisobotni topshiradi — kim qancha maosh olishini koʻrmasdan; rahbar raqam yonida savol beradi, qaytaradi yoki qabul qiladi. Bankka — faqat oʻqish uchun, muddatli havola.

Filiallar

Bitta obuna — cheksiz filial. Filiallar yonma-yon: bandlik, yigʻish, marja — eng yaxshisi va eng yomoni belgilangan; umumiy hisobotda filiallararo oʻtkazma chiqarib tashlanadi. Xodim faqat oʻz filialini koʻradi.

Shartnoma — qoʻlda emas

Shablon sizniki; bolaning ismi, tarifi va vasiysi oʻzi joylashadi, raqam avtomatik — SH-2026-0007. Imzolangani qotib qoladi. Qogʻozda imzolanganini esa PDF yoki Word fayl qilib bolaga biriktirasiz — kerak boʻlganda bir bosishda topiladi.

Kassada yoʻq pul chiqmaydi

Qoldiqdan ortiq chiqim toʻxtatiladi — qaysi hisob, qancha bor, qancha yetmaydi. Oʻtkazish uchun ogohlantirishni oʻqib, belgini qoʻyishingiz kerak: pul allaqachon chiqib ketgan boʻlsa, yozuv yozilsin. Har bir chiqim qator-qator: «Bozorlik — 600 000» emas, «Kartoshka, 50 kg × 3 000».

Oy oʻzi yigʻiladi va yopiladi

Har oy bir xil 16 boʻlimli hisobot: daromad zanjiri, qarzlar, chiqimlar, hisoblar mosligi, foyda-zarar va «foyda ≠ pul» — har raqamdan manba yozuvigacha bir bosish. Reja va fakt, 30/60/90 kunlik pul prognozi va «qancha pul olsa boʻladi» — formulasi bilan. PDF, Excel, oʻzgarmas nusxa.

Ikki bosqichli himoya

Har bir xodim oʻzi yoqadi — majburiy emas, chunki bogʻchada telefon almashib turiladi. Zaxira kodlar bir martalik: telefon yoʻqolsa ham kirasiz.

Narxlar

50 tagacha bola uchun — oyiga 400 000 soʻm.

Narx faqat bolalar soniga bogʻliq. Filiallar va xodimlar soni cheklanmagan.

bola
10300

400 000

soʻm / oy
  • Barcha modullar
  • Cheksiz filial va xodim
  • Yangilanishlar bepul
  • Zaxira nusxa va texnik xizmat

Karta kerak emas. Sinov tugagach toʻlovga oʻtasiz yoki shunchaki toʻxtatasiz. Obunaga oʻtsangiz, birinchi toʻlangan oy sinov boshlangan kundan hisoblanadi.

Ilk 3 oy — roʻyxatdan oʻtgan kuningizdagi narx boʻyicha.

Radix rivojlanishi va yangi imkoniyatlar qoʻshilishi bilan narxlar kelajakda oʻzgarishi mumkin.

Toʻlov kechiksa yozish toʻxtaydi, lekin oʻqish va eksport ishlayveradi — maʼlumotingiz oʻchirilmaydi va yashirilmaydi.

Bir martalik toʻlov

Alohida oʻrnatma — kelishuv asosida

Tizim toʻliq sizniki: oʻz serveringizda, oʻz domeningizda, oylik obunasiz.

  • Maʼlumot sizning serveringizda qoladi
  • Oʻrnatish va sozlashni biz bajaramiz
  • Yangilanishlar kelishuvga muvofiq
Narx soʻrash

Savollar

Qaror qabul qilish uchun kerakli javoblar.

Xususiy bogʻchalar uchun boshqaruv platformasi: bolalar, guruhlar, davomat, toʻlovlar, qarzdorlik, xodimlar, ish haqi, xarajatlar, ombor va hisobotlar — bitta tizimda. Ota-onalar bilan aloqa Telegram bot orqali.

Ha, 15 kun. Oʻzingiz roʻyxatdan oʻtasiz, karta kerak emas. Sinov davrida tizim toʻliq ishlaydi — oʻz bogʻchangiz maʼlumoti bilan.

50 tagacha bola uchun oyiga 400 000 soʻm. Har boshlangan 10 bola uchun 50 000 soʻm qoʻshiladi: 60 bola — 450 000, 70 bola — 500 000. Filiallar va xodimlar soni narxga taʼsir qilmaydi.

Oylik — chegirmasiz; 6 oylik — 15 % chegirma; yillik — 25 % chegirma. Narx sahifadagi kalkulyatorda hisoblanadi va hisob-faktura ham aynan shu formuladan chiqadi.

Excel shablonini yuklab olasiz — u sizning guruhlaringiz va tariflaringiz bilan keladi. Qarzdorlik ustuni ham bor, shuning uchun eski qarz birinchi kundanoq qarzdorlar roʻyxatida koʻrinadi. Koʻchirishda biz yordam beramiz.

Telegram bot orqali: balans, hisob-fakturalar, kvitansiyalar va toʻlov tugmasi. Ilova oʻrnatish shart emas, xabarlar bepul. SMS hozircha yoqilmagan — asosiy kanal Telegram.

Ha — Payme va Click orqali. Pul toʻgʻridan-toʻgʻri sizning merchant hisobingizga tushadi, Radix pulni ushlab turmaydi. Ota-ona hisobdagi summani toʻlaydi, ustiga komissiya qoʻshilmaydi.

Yangi yozuv kiritish toʻxtaydi, lekin tizimga kirish, oʻqish va maʼlumotni eksport qilish ishlayveradi. Maʼlumot oʻchirilmaydi va yashirilmaydi — toʻlagan kuningizdan ishni kutgan joyingizdan davom ettirasiz.

Rollarga asoslangan kirish, tashkilotlar izolyatsiyasi — ilova va maʼlumotlar bazasi darajasida (RLS), oʻzgartirib boʻlmaydigan audit jurnali, ixtiyoriy ikki bosqichli kirish va har kuni olinadigan zaxira nusxa.

Ha. Alohida oʻrnatma — bir martalik litsenziya: tizim sizning serveringizda, sizning domeningizda ishlaydi, oylik obuna boʻlmaydi. Narx kelishuv asosida.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida. Har bir xodim oʻzi uchun tanlaydi, bot esa ota-onaning tilida yozadi.

Demo

Radix CRM bilan ishlashni boshlang.

Bogʻchangiz boshqaruvini soddalashtirishni birga rejalashtiramiz — bogʻlaning.

Maʼlumotlaringiz faqat shu suhbat uchun ishlatiladi — reklama roʻyxatiga qoʻshilmaydi va boshqalarga berilmaydi. Kutishni xohlamasangiz, 15 kunlik sinovni hoziroq oʻzingiz boshlashingiz mumkin.
Bepul sinab koʻrish

Bogʻchangizni boshqarishning yangi usuli.

Bitta tizim. Toʻliq nazorat.